1-sinfdan 11-sinfgacha bo’lgan barcha bosqichlarda jahon andozalariga mos, amaliyotga yo’naltirilgan va xalqaro tajribaga asoslangan ta’lim dasturini taqdim etamiz.
Har bir o’quvchi uchun chuqur bilim, til ko’nikmalari va zamonaviy texnologiyalarni uyg’unlashtirgan dastur.
Xalqaro standartlar asosida, malakali va chet ellik mutaxassislar yordamida chuqurlashtirilgan ingliz tili darslari.
Mantiqiy fikrlash va masala yechish ko’nikmalarini rivojlantiruvchi zamonaviy matematika dasturi.
O’quvchilar bilim va til darajasini tasdiqlovchi xalqaro miqyosda tan olingan sertifikatlarni qo’lga kiritish imkoniyatiga ega.
Tajribali xorijiy o’qituvchilar bilan bevosita muloqot orqali tilni amalda o’rganish imkoniyati.
Ota-onalarning tanloviga ko’ra o’zbek yoki rus tillarida ta’lim olish imkoniyati, har ikkala yo’nalishda ham yuqori sifat.
Boshlang’ich, o’rta va yuqori bosqichlar uchun ketma-ket va izchil rivojlanishni ta’minlovchi dastur.
O’quv yili to’rt choraklikka bo’linadi, har bir chorak yakunida o’quvchilar bilimi baholanadi.